InnoXUrganch yoshlar texnoparki
4-mavsumga qabul tez orada — roʻyxatdan oʻtingInnovatsion rivojlanish agentligi dasturi

Gʻoyangizni startapga aylantiring

InnoX — Urganch yoshlar texnoparkida oʻtkaziladigan biznes-inkubatsiya va akseleratsiya dasturi. Tajribali mentorlar hamrohligida gʻoyangizni ishlaydigan mahsulotga aylantirasiz, biznes-modelingizni shakllantirasiz va loyihangizni investorlarga taqdim etasiz.

  • Ishtirok bepul
  • 18–30 yosh
  • Mentor va treker
  • Demo Day

InnoX raqamlarda

2023–2025 yillar, respublika boʻyicha
5 431ariza topshirildi
740bitiruvchi
434loyiha moliyalashtirildi
24 mlrdsoʻm ajratildi

Dastur sizga nima beradi

Birinchi gʻoyadan investorlar bilan uchrashuvgacha — butun yoʻlni tajribali jamoa bilan birga bosib oʻtasiz.

Mentorlik va trekerlik

Soha mutaxassislari loyihangizni muntazam tahlil qiladi va keyingi qadamlarni aniq belgilashga yordam beradi.

MVP ishlab chiqish

Gʻoyangizni foydalanuvchilar sinab koʻra oladigan birinchi ishlaydigan mahsulotga aylantirasiz.

Biznes-model va marketing

Muammoni aniqlash, bozorni oʻrganish va mijoz ehtiyojlarini tahlil qilishni amalda oʻzlashtirasiz.

Kovorking va laboratoriyalar

Texnoparkning zamonaviy ish joylari, laboratoriya va uskunalaridan foydalanasiz.

Demo Day

Eng istiqbolli loyihalar investorlar va venchur fondlari oldida taqdim etiladi.

Grant va moliyalashtirish

Dastur gʻoliblarining loyihalari «Boʻlajak olim» tanlovi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Dastur kimlar uchun

Talabalar

Innovatsion gʻoyasini loyiha darajasiga olib chiqmoqchi boʻlgan yoshlar.

Yosh olimlar

Ilmiy ishlanmasini amaliy mahsulotga va biznesga aylantirmoqchi boʻlgan tadqiqotchilar.

Startap jamoalari

Prototipi tayyor va rivojlanishni tezlashtirmoqchi boʻlgan jamoalar.

18–30 yosh16 ta yoʻnalishIshtirok mutlaqo bepul

Dastur qanday oʻtadi

  1. 01

    Ariza

    Onlayn anketani toʻldirasiz va loyihangiz haqida qisqacha yozasiz.

  2. 02

    Saralash

    Arizalar koʻrib chiqilib, eng istiqbolli loyihalar tanlab olinadi.

  3. 03

    Inkubatsiya va akseleratsiya

    Mentorlar bilan mashgʻulotlar, amaliy topshiriqlar va MVP ustida ish.

  4. 04

    Demo Day

    Investorlar oldida taqdimot. Bitiruvchilarga texnopark sertifikati topshiriladi.

Yoʻnalishlar

Loyihangiz qaysi sohada boʻlishidan qatʼi nazar

Ishtirokchilarimiz natijalari

AviShifo

MedTech · sunʼiy intellekt

Respublikada 2-oʻrin

Sunʼiy intellektni tibbiyotga joriy etuvchi platforma «Tibbiyot sohasini rivojlantirish: eng yaxshi tashabbuslar — 2025» respublika konferensiyasida barcha tibbiyot OTMlari orasida 2-oʻrinni egalladi.

Pitch Day

30-iyul, 2025

Investitsiya imkoniyati

Texnoparkdagi ilk Pitch Dayʼda 10 dan ortiq InnoX ishtirokchisi tayyor MVP bilan chiqdi. Yoshlar Ventures venchur fondi vakili loyihalarni baholadi — 3–4 ta startap investitsiya olish imkoniyatiga ega boʻldi.

Keyingi muvaffaqiyatli startap — sizniki boʻlishi mumkin

4-mavsumga qabul tez orada ochiladi. Hozir roʻyxatdan oʻting — ochilishi bilan xabar beramiz.

Ariza topshirish